2-6 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-02 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va ushbu ish haftasi davomida mamlakatimiz hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shimoliy hududlarda esa faqat 3-4 mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq, respublika shimolida 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ldi, hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga 7-10 daraja iliqqacha pasayadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
2-6 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga kunduzi harorat 11-13 daraja iliq bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari 4-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zgidromet
2026-yil 2-mart
