4-11-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-02 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 va 10 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 va 10-11 martda
3° sovuq-2° iliq, 7-9 martda 0-5° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi, 5-7 martda 10-15° iliqqacha ko‘tariladi, 8-11 martda 3-8° iliqqacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-6 va 10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi, 5-8 martda 15-20° iliqqacha ko‘tariladi, 9-11 martda 10-15° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 4-6 va 10-11 martda 3° sovuq-2° iliq, 7-9 martda 0-5° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi, 5-7 martda 10-15° iliqqacha ko‘tariladi, 8-11 martda
3-8° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-7 va 10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
8-9 va 11 martda yog‘ingarchilik kutilmayd. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-10 martda 3-8° iliq, 11 martda 2-7° iliq, kunduzi 4 martda 10-15° iliq, 5 martda 7-12° iliq bo‘ladi, 6-8 martda
15-20° iliqqacha ko‘tariladi, 9-11 martda 10-15° iliqqacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-6 va 10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 4-5 martda 10-15° iliq bo‘ladi, 6-8 martda 20-25° iliqqacha ko‘tariladi, 9-11 martda 13-18° iliqqacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-10 martda 3-8° iliq, 11 martda 2-7° iliq, kunduzi 4 martda 10-15 iliq, 5 martda 7-12° iliq bo‘ladi, 6-8 martda 13-18° iliqqacha ko‘tariladi, 10-11 martda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor),
4-6 martda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 4-6 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 4-6 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan
2-7° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
