4-7-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-02 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 martda 3° sovuq-2° iliq, 7 martda 0-5° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi,
5-7 martda 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-6 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi, 5-7 martda 13-18° iliqqacha ko‘tariladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 4-6 martda 3° sovuq-2° iliq, 7 martda 0-5° iliq, kunduzi 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi, 5-7 martda 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 4 martda 10-15° iliq, 5 martda 7-12° iliq bo‘ladi, 6-7 martda 13-18° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-6 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 4-5 martda 10-15° iliq bo‘ladi, 6-7 martda 18-23° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 4 martda 10-15° iliq,
5 martda 7-12° iliq bo‘ladi, 6-7 martda 13-18° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 4-6 martda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 4-6 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 4-6 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 2-7° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
