O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-28-FEVRAL VA 1-MART KUNLARIGA OB-HAVO
2026-02-27 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 28 fevral kuni kechasi
va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
1 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ko‘pchilik hududlarida havo harorati 10-15 daraja atrofida,
1 mart-yakshanba kuni ba’zi joylarda 17 daraja iliqqacha, janubda 20-25 daraja iliqqacha bo‘ladi. Harorat kechalari 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika shimolida asosan harorat kechalari 2-7 daraja sovuq,
kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat bugun kunduzi 12-14 daraja iliq, ertaga 10-12 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 27-fevral
