Mart oyi prognozi
2026-02-26 17:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
2026-YIL BAHOR FASLINING BIRINCHI OYI QANDAY BO‘LADI
2025-2026 yillarning qish mavsumi ham yakunlanmoqda va bahor fasli kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi.
Odatda O‘zbekistonda mart oyida havo haroratining tez ko‘tarilishi boshlanadi. Mart oyida o‘rtacha havo harorati fevral oyiga nisbatan
5-6 darajaga, shimolda esa 7-8 darajaga yuqori bo‘ladi.
Mart oyining eng iliq kunlarida, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida, ko‘pincha quyosh nurlari havoni 23-28 daraja iliqqacha, janubda esa
30-33 daraja iliqqacha isitadi.
O‘zbekistonning hududi bo‘yicha meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2008 va 2023 yillarning mart oylari eng iliq (iqlim meyoridan
5-8 darajaga iliqroq) bo‘ldi.
Meteorologik kuzatuvlar davomida mart oyida qayd etilgan eng yuqori harorat ko‘rsatkichlari hududning katta qismida 30-35 daraja iliqni, janubiy hududlarda esa 35-37 daraja iliqni tashkil etdi.
Biroq, mart oyi juda o‘zgaruvchandir. Bu oy havo oqimi yo‘nalishlarining tez-tez o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Janubdan juda iliq havo kirib kelishi, Volga bo‘yi hududlaridan, kamdan kam hollarda Ural, G‘arbiy Sibirdan sovuq havo oqimi bilan o‘rin almashadi.
Iliq ob-havo davrlar havoni qisqa muddatga sovuq bo‘lish davrlari bilan o‘rin almashib turadi.
O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun
mart oyidagi mutlaq minimal harorat hududning katta qismida
15-20 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qizilqum shimolida
23-25 daraja sovuq bo‘lishi kuzatilgan. Ustyurtda esa 1954 yil mart oyida harorat 34-37 daraja sovuqqacha pasaygan edi.
So‘nggi yillarda mart oyida bunday past harorat kuzatilmagan.
So‘nggi 25 yilda mart oylarining eng past harorati hududning katta qismida
6-11 daraja sovuqni, shimolda 11-16 daraja sovuqni, Ustyurtda
20-23о daraja sovuqni tashkil etdi.
|
Meteostansiya |
mart oyida mutlaq minimal harorat |
mart oyida mutlaq maksimal harorat |
||
|
kuzatuvlarning barcha qatori uchun |
XXI asrda |
kuzatuvlarning barcha qatori uchun |
XXI asrda |
|
|
Toshkent |
-19,4 /1898 |
-7,8 /2015 |
32,5 /1971 |
31,5 /2010 |
|
Nukus |
-25,3 /1945 |
-16,6 /2003 |
32,2 /1946 |
31,4 /2008 |
|
Urganch |
-19,8 /1931 |
-12,5 /2021 |
32,8 /2018 |
32,8 /2018 |
|
Buxoro |
-18,3 /1954 |
-8,3 /2021 |
35,0 /2018 |
35,0 /2018 |
|
Navoiy |
-20,4 /1954 |
-9,1 /2021 |
33,0 /2018 |
33,0 /2018 |
|
Samarqand |
-17,1 /1898 |
-9,7 /2012 |
32,2 /2018 |
32,2 /2018 |
|
Jizzax |
-18,7 /1898 |
-10,0 /2015 |
31,5 /2000 |
31,2 /2009 |
|
Sirdaryo |
-19,5 /1954 |
-7,2 /2015 |
32,5 /2000 |
30,7 /2011 |
|
Qarshi |
-15,9 /1954 |
-5,8 /2021 |
36,4 /2000 |
36,3 /2018 |
|
Termiz |
-10,0 /1939 |
-4,5 /2013 |
37,3 /2018 |
37,3 /2018 |
|
Andijon |
-16,0 /1945 |
-7,0 /2015 |
30,4 /1962 |
30,0 /2025 |
|
Namangan |
-13,4 /1930 |
-11,5 /2015 |
31,5/1989 |
39,4 /2025 |
|
Farg‘ona |
-20,2 /1898 |
-8,2 /2015 |
29,0 /1962 |
29,1 /2025 |
O‘zbekistonda mart oyi, yilning ko‘p oylari singari, so‘nggi yillarda sezilarli darajada iliqlashdi.
Ushbu asrda, ko‘pchilik mart oylari harorat tartibi bo‘yicha iqlim meyoridan iliqroq yoki uning qiymatlariga yaqin bo‘ldi.
Kuzatuvlarning tarixiy qatori uchun eng sovuq mart oyilarida o‘rtacha oylik haroratni meyordan og‘ishi 5-8 darajani, respublika shimolida esa
9-11 darajani tashkil etdi. Bu asrda 2012 va 2015 yillarning mart oylari (меъёрдан 2-3 darajaga sovuq), shimolda esa 2003 yil mart oyi (meyordan
4-5 darajaga sovuq) eng sovuq bo‘ldi.
O‘zbekistonda mart oyi iqlim sharoiti bo‘yicha yilning eng yog‘inli oylaridan biri deb hisoblanadi. Mart oyida yog‘ingarchilik 10 kundan 15 kungacha juda tez-tez kuzatiladi, shimoliy hududlar va cho‘l zonasi bundan mustasno,
bu yerda yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 5-9 kundan oshmaydi.
Respublika hududining katta qismida mart oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 50-75 mm ni, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 80-125 mm ni, respublika shimolda, cho‘l hududlarida va Farg‘ona vodiysida 10-35 mm ni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lgan oy 2022 yilning mart oyi bo‘ldi. Tez-tez yomg‘ir yog‘di, markaziy va sharqiy hududlarda esa oylik yog‘ingarchilik miqdori mart oyi oylik meyoridan 250-350% ga yetdi – ushbu asrda yog‘ingarchilik miqdori rekordi bo‘ldi, Namangan viloyatida meyordan
400-450% bo‘lib, bu meteorologik kuzatuvlar tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Tez-tez emas, lekin anomal quruq mart oylari (2008, 2020 yy.)
ham qayd etiladi, bunda oylik meyorning yarmidan ham kam yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Mart oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ammo haroratning keskin pasayish davrlarida yomg‘ir qorga aylanishi kuzatiladi. Ushbu asrda 2012 yilning mart oyi sovuq "eng qorli" bo‘lib, bunda bir necha marta qor yog‘ishi hisobiga qor qoplamining shakllanishi qayd etilgan, respublikaning tekislik hududlarida esa qor balandligi 7-12 sm ga yetgan edi.
Bu yil mart oyi qanday bo‘ladi?
Mart oyi boshida ob-havo bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda.
Bahorning birinchi kunida ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati
12-17 daraja iliq bo‘lgan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
2 martda O‘zbekiston hududiga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Keyinchalik, oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha yog‘ingarchilik davriy bo‘lib, tekislik hududlarda tanaffus bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘adi. Bu davrda havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda (bu iqlim meyori mosdir), ayrim kunlarda 6-9 daraja iliqqacha pasayishi mumkin.
Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari
3-8 daraja iliqdan 8-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan
23-28 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Harorat pasayishi davrlari qisqa bo‘ladi, isish davrlari esa - davomiy bo‘ladi.
