28-FEVRAL 7-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-26 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 martda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 fevral-3 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 28 fevralda 2-7° sovuq, 1-2 martda 0-5° sovuq, 3-7 martda 3° sovuq-
2° iliq, kunduzi 28 fevral-5 martda 2-7° iliq, 6-7 martda 4-9° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevralda va 4-5, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-3 va 6 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 fevral-3 martda
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 28 fevral-4 martda 0-5° iliq, 5-7 martda 1-6° iliq, kunduzi 28 fevral-1 martda 12-17° iliq, 2-3 martda
7-12° iliq, 5-6 martda 10-15° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 28 fevralda
2-7° sovuq, 1-2 martda 0-5° sovuq, 3-7 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi
28 fevral-5 martda 2-7° iliq, 6-7 martda 4-9° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2-3 va 6 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 28 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 2 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 3 martda kechasi
1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 4 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq;
5-7 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevral-1 martda va 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 va 6-7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliqdan 5-10° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 28 fevralda 18-23° iliq, 1 martda 20-25° iliq, 2 martda
9-14° iliq, 3 martda 10-15° iliq, 4-7 martda 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevral-1 martda va 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 va 6-7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi, 3 martda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 28 fevral-1 martda va 3-4 martda 1-6° iliq, 2 martda 3-8° iliq, 5-7 martda 2-7° iliq; kunduzi 28 fevralda, 2 va 4-7 martda 10-15° iliq, 1 martda 12-17° iliq, 3 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-7 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° iliqqacha
o‘zgarib turadi.
