28-FEVRAL 3-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-26 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 martda
ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 28 fevralda 2-7° sovuq, 1-2 martda 0-5° sovuq, 3 martda
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
1 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 28 fevral-1 martda 13-18° iliq; 2-3 martda 7-12° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 28 fevralda 2-7° sovuq, 1-2 martda 0-5° sovuq,
3 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevral-1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
2-3 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq;
1 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 2 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi
9-14° iliq; 3 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevral-1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
2-3 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 18-23° iliq;
1 martda kechasi 3-9° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 2 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi
9-14° iliq; 3 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevral-1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
2-3 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 3 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, faqat 2 martda 3-8° iliq, kunduzi
28 fevral va 2 martda 10-15° iliq; 1 martda 12-17° iliq, 3 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
1-3 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq;
1-3 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1 martda 2-7° iliq, 2-3 martda 0-5° iliq bo‘ladi.
