26-FEVRAL 5-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-24 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevral-1 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 27-28 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 26-27 fevralda 2-7° sovuq, 28 fevral-2 martda 0-5° sovuq, 3-5 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 26-28 fevralda 0-5° iliq, 1-5 martda 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1-2 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevral-1 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 28 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 27 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 28 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 1 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 2-5 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 26-27 fevralda 2-7° sovuq, 28 fevral-2 martda 0-5° sovuq, 3-5 martda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 26-28 fevralda 0-5° iliq, 1-5 martda 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27-28 fevral va 3-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevral va 1 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 fevralda kechasi va kunduzi 7-12° iliq; 27 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 28 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 2-5 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27-28 fevral va 3-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevral va 1 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 26 fevralda
5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 27 fevralда kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 28 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 1 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 2-5 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27-fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-fevral 1-martda va 3-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-27 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 28 fevral-1 martda 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 2-5 martda 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-27 fevral va 1 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 26 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-27 fevralda tog‘li hududarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 2-7° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi.
