25-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 24-fevral soat 20 dan 25-fevral soat 20 gacha
2026-02-24 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 20-22° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, Ustyurtda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanish mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, Navoiy viloyati cho‘l hududida kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLАRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
24-25 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida,
26-27 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
