O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-27-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-02-23 10:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 13-18 daraja iliqqacha, janubda 20-23 daraja iliqqacha isiydi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida
ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati 2-7 daraja atrofida bo‘ladi. Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamolda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni deyarli o‘zgarmaydi.
25 fevralда shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l hududlarda, 25 fevralda kechga tomon va 26 fevralda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati
26 fevralda 8-11 daraja iliqqacha, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.
27 fevralda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 24-26 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 26 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayadi, 25-26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, 25 fevralda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga kunning ikkinchi yarmida baroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
25 fevral – chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
26 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-6 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevral kunlari 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 23-fevral
