25-28-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-23 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 va 28 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26-27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 26-27 fevralda 2-7° sovuq, 28 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26-28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 25 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq;
26 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 27 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 28 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 25 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 26-27 fevralda 2-7° sovuq, 28 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27-28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 25-26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 26-27 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 28 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27-28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 25-26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 26 fevralda kechasi
5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 27 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 28 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 28-23° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 va 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 25 va 28 fevralda 13-18° iliq, 26-27 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 27-28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 26 fevralda kechasi va 2° sovuq-3° iliq; 27-28 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
