22-FEVRAL, 1-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-20 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22, 26 fevralda va 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 25 va 27-28 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 22 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi, 23 fevral-1 martda 1-6° iliqqacha pasayadi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23, 26 fevralda va 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 25 fevral va 27-28 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 22 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi, 23 fevral-1 martda 1-6° iliqqacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23, 26-27 fevralda va 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 25 va 28 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 24-25 fevralda 3-8° iliq, 23 fevralda 5-10° iliq, 26 fevral-1 martda
0-5° iliq, kunduzi 22 fevralda 13-18° iliq, 23-24 fevralda 15-20° iliq, 25 fevral-1 martda 8-13° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 22 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi, 23 fevral-1 martda
1-6° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 va 28 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat
22 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 23-24 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 25 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 fevral- 1 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 va 28 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat
22 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 23-24 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 25 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 26 fevral- 1 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 va 28 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 fevralda 5-10° iliq, 23-25 fevralda 3-8° iliq, 26 fevral-1 martda 0-5° iliq, kunduzi 22-23 va 25 fevralda 10-15° iliq, 24 fevralda 13-18° iliq, 26 fevral-1 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 va 28 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuqdan 0-5° iliqqacha, kunduzi 0-5° iliqdan 8-13° iliqqacha o‘zgarib turadi.
