21-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-20 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

21-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
20-fevral soat 20:00 dan 21-fevral soat 20:00 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqacha, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3-8° iliq, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 0-2° sovuqqacha,
kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunningsh birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
21 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
