Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir
2025-12-05 10:00:00 / Korrupsiya bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar

2025-yil 5-dekabrda Samarqand viloyati Gidrometeorologiya markazida O'zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-yilligi munosabati bilan yigʻilish tashkil etildi. Unda Bosh qomusimizning mamlakat va ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi oʻrni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Shu bilan birga, tadbirda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, xizmat faoliyati davomida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uning oldini olish, halollik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati, xizmat intizomiga amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni mustahkamlash va bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
