O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-20-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-02-16 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
18-20 fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar 16-18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: 16 fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi
17 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
18-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 16-fevral
