O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-15-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-02-13 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechasi yog‘ingarchilik asta-sekin sharqqa tomonga siljidi. Faqat markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha, shuningdek, respublikaning eng chekka janubida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
14 fevral - shanba kuni kunduzi va 15 fevral - yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tariladi, bugun 10-15 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 17-22 daraja iliqqacha bo‘ladi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi,
harorat 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin
17-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Harorat asosan kechalari 6-9 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol 3-8 m/s telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkин.
O‘zgidromet
2026-yil 13-fevral
