15-18-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-13 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 fevralda 1-6° iliq, 18 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 va 17 fevralda 10-15° iliq, 16 fevralda 5-10° iliq, 18 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15 fevralda 17-22° iliq; 16-17 fevralda 12-17° iliq, 18 fevralda 18-23° iliq; Navoiy viloyati shimolida 15-17 fevralda 1-6° iliq, 18 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 va 17 fevralda 10-15° iliq, 16 fevralda 5-10° iliq, 18 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 va 17-18 fevralda 5-10° iliq, 16 fevralda 7-12° iliq, kunduzi 15-16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda 12-17° iliq, 18 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 fevralda kechasi 5-10° iliq, 18 fevralda 8-13° iliq, kunduzi 15 fevralda 18-23° iliq, 16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda 13-18° 18 fevralda 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda kechasi 12-17° iliq, 18 fevralda 16-21° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 15-16 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi; 16-18 fevralda kechasi 0-5° iliqqacha, kunduzi 9-14° iliqqacha ko‘tariladi.
