14-21-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-12 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 21 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 15 va 17 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 16 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 18-19 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 20 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 21 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 va 21 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14 va 16 fevralda 13-18° iliq; 15 fevralda 17-22° iliq; 16 fevralda 10-15° iliq; 18 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 19 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 20 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 21 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16-17 va 21 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 fevral va 18-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-17 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 14 fevralda 12-17° iliq; 15 fevralda 15-20° iliq; 16-17 fevralda 13-18° iliq; 18 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 19-20 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 21 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 fevral va 18-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 fevral va 21 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-17 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 14 va 17 fevralda 15-20° iliq; 15 fevralda 18-23° iliq; 16 fevralda 13-18° iliq; 18 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 19-20 fevralda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 21 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14-15 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 15-17 fevralda kechasi 4-9° iliq; kunduzi 12-17° iliq; kechasi 18-21 fevralda 4-9° iliq, 18-20 fevralda kunduzi 14-19° iliq, 21 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevral, 16-17 fevral va 21 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 14 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 15 fevral va 18-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-16 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. 14-15 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 16-17 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 18-20 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 21 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
