14-17-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-12 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 15 va 17 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 16 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14 va 16 fevralda 13-18° iliq; 15 fevralda 17-22° iliq; 16 fevralda 10-15° iliq; Navoiy viloyati shimolida 14 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 15 va 17 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 16 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14 fevralda 12-17° iliq; 15 fevralda 15-20° iliq; 16-17 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14 va 17 fevralda 15-20° iliq, 15 fevralda 18-23° iliq; 16 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15-17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 15-17 fevralda kechasi 4-9° iliq; kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 fevralda va 16-17 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 14 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-16 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. 14-15 fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 16-17 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
