12-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 11-fevral soat 20 dan 12-fevral soat 20 gacha
2026-02-11 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
11-14 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimolda qorga aylanadi) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
11-16 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
11-16 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
