O‘zgidromet direktori va O‘zbekiston aviahodimlari kasaba uyushmasi raisi uchrashuv o'tkazdi
2025-12-03 12:00:00 / Rahbar faoliyati
26-noyabr kuni O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev va O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi raisi A.Mullabekov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda uzoq yillik hamkorlik natijalari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Sherzodxo‘ja Khabibullayevga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Sh.Khabibullayev ko‘krak nishoni va uzoq yillik o‘zaro hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda hodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari rahbarlariga samarali faoliyat tilaydi.
