9-13-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-09 11:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Ushbu ish haftasida O‘zbekiston bo‘yicha nam havo kuzatiladi. Mamlakatimiz hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kunduzi asosan 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida esa 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
Harorat kechalari nisbatan 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida
3-6 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika shimolida harorat kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan
5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, 9-10 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Tog‘li hududlarda yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi
14-16 daraja iliq bo‘ladi.
10-13 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kunlari asosan 11-16 daraja iliq bo‘ladi, 11 fevralda 8-10 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat kechalari 8-10 daraja iliqdan 3-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Shamol 3-8 m/s telikda esadi, vaqti-vaqti bilan 9-14 m/s gacha kuchayadi.
O‘zgidromet
2026 yil 9 fevral
