11-14-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-09 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-13 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi; 12-14 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 fevralda 3-8° iliq, 13-14 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 11 fevralda 7-12° iliq, 12-13 fevralda 10-15° iliq, 14 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 11 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi; 12-14 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 13 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 14 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 fevralda kechasi
5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 12-13 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq;
14 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-13 fevralda 7-12° iliq, 14 fevralda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 12 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 13-14 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
