6-8-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-06 11:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA
6-8-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO
Bugun kunning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 1-6 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Ertaga respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi,
kunduzi 7-12 iliqqacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8 fevral kunlari ayrim joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat ertaga kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 6-fevral
