8-11-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-06 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9-10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha,
9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 9 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq,
10-11 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida
8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9-10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha,
9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi
0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 9 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
10-11 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha,
9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi
3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 9 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq,
10 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 11 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat
8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 10-11 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 9-10 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
8 fevralda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 9 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq; 11 fevralda
kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
