YANVAR OYIDA KUZATILGAN OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-05 16:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ushbu yilda yanvar oyi nisbatan iliq bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati iqlim me’yoridan 1,2-2,4 darajaga yuqori bo‘lib, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublika janubida ba’zi joylarda me’yorga yaqin bo‘lishi kuzatildi.
Yanvar oyida harorat foni notekis bo‘lishi qayd etildi.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratining
iqlim me’yoridan og‘ishi
Respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida asosan iliq ob-havo kuzatildi, bunda kunduzi havo harorati 10-15 daraja iliq, bazi joylarda 17 daraja iliqqacha bo‘ldi.
Birinchi o‘n kunlikning o‘rtasida Qozog‘iston ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi O‘zbekiston hududiga kirib keldi. Bir necha kun davomida respublika bo‘yicha asosan bulutli ob-havo kuzatildi. Ko‘pchilik hududlarda kechasi va ertalab tuman qayd etildi, Farg‘ona vodiysida esa tuman tushishi kunduz kunlari ham saqlanib turdi. Ushbu davrda havo harorati kechalari
0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasaydi va kunduz kunlari 0-5 daraja iliqdan yuqori bo‘lmadi.
Sovuq davr uzoq davom etmadi va birinchi o‘n kunlik oxiriga kelib, havo harorati yana ko‘tarila boshladi. 13-14 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida (shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) kunduz kunlari havo 19-22 daraja iliqqacha isidi.
Ko‘pchilik hududlarda bunday harorat qiymatlari O‘zbekistondagi barcha meteorologik kuzatuvlar davri uchun yanvar oyi harorat rekordlari qiymatiga yaqin bo‘ldi.
Oyning birinchi yarmida havo haroratining me’yordan o‘rtacha og‘ishi
2-4 daraja iliqni tashkil etdi, eng iliq kunlarda esa 7-10 daraja iliqqacha yetdi.
|
Yil |
Toshkent |
Nukus |
Urganch |
Buxoro |
Navoiy |
Jizzax |
Sirdaryo |
Samarqand |
Qarshi |
Termiz |
Andijon |
Namangan |
Farg‘ona |
|
2026 y. yanvar |
20,6 |
10,4 |
15,7 |
20,6 |
20,3 |
20,7 |
16,4 |
21,5 |
23,3 |
18,7 |
11,5 |
11,0 |
12,6 |
|
Mutlaq maksimum/yil |
22,6 2021 |
17,6 1950 |
21,7 1963 |
24,8 1960 |
22,9 1966 |
24,6 2007 |
21,2 2007 |
23,2 2015 |
25,9 2002 |
23,8 1966 |
16,4 2007 |
15,9 1961 |
16,3 2007 |
Oyning birinchi yarmida havo haroratining me’yordan o‘rtacha og‘ishi
2-4 daraja iliqni tashkil etdi, eng iliq kunlarda esa 7-10 daraja iliqqacha yetdi.
O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha ushbu davrda asosan quruq ob-havo kuzatildi. Faqat respublikaning ayrim hududlarida biroz qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi (1-2 ta holat) qayd etildi.
Oyning ikkinchi yarmida ob-havo sharoiti keskin o‘zgardi.
16 yanvardan respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keldi
va keyinchalik respublika hududi bo‘yicha bir necha sovuq havo oqimlari
kirib kelishi (23-24 yanvarb va 28-29 yanvar) kuzatildi.
Eng sovuq kechalarda havo harorati 6-11 daraja sovuqqacha, respublikaning shimoliy hududlarida 13-18 daraja sovuqqacha, Ustyurtda
ba’zi joylarda 21-24 daraja sovuqqacha pasaydi.
Ayrim kunlarda esa maksimal havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, respublika shimolida 5-7 daraja sovuqni tashkil etdi.
Sovuq havo kirib kelishi bir qator yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylandi) bilan qayd etildi, shimolda va tog‘li hududlarda esa asosan qor ko‘rinishida kuzatildi.
16 yanvarda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarilik kuchli bir kecha-kunduzda 15 mm dan 23 mm gacha bo‘ldi. Arnasoy ko‘li hududida bir kecha-kunduzda 33-35 mm yog‘ingarchilik qayd etildi, bu ushbu hudud uchun deyarli oylik me’yorni tashkil etadi.
22 yanvarda va 23 yanvarga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida yog‘di va Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida sezilarli darajada bo‘lib, bunda yog‘ingarchilik miqdori 15-31 mm ga yetdi. Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda 22 yanvar kuni bir kecha-kunduzda yog‘gan yog‘ingarchilik oylik me’yordan 50-56% gacha bo‘lishi qayd etildi.
Kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylandi), shuningdek,
25 va 28 yanvar kunlari Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ham kuzatildi.
Respublika hududining katta qismida yanvar oyda yog‘ingarchilik me’yor atrofida bo‘ldi. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda bir oyda yog‘ingarchilik oylik me’yordan
1,8-2,6 marta ko‘p bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysi eng quruq hudud bo‘lib, u yerda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 20-65% ni tashkil etdi.
Qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilikdan so‘ng oyning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning tekislik hududi bo‘yicha balagndligi 1 sm dan 10 sm gacha bo‘lgan qor qoplami hosil bo‘ldi. Qor qoplamining maksimal balandligi (13-25 sm) 22-23 yanvar kunlari Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, Navoiy viloyati shimolida kuzatildi.
Yanvar oyining oxiriga qor qoplami Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent viloyatining ko‘pchilik tumanlarida, Samarqand viloyatining ba’zi joylarida, Qizilqumning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turdi. Qor qoplamining balandligi 1-10 sm ni, ba’zi joylarda 13-20 sm ni tashkil etdi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida oy davomida qor qoplami to‘planishi davom etdi.
Oy oxiriga tog‘larda qor zahirasi me’yordan 70-121% ni, Dukant MS hududida me’yordan 140% ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha,
ayrim kunlara ba’zida 22-24 m/s gacha kuchaydi.
Yanvar oyida tez-tez tumanlar kuzatildi, ko‘rinuvchanlik 50-500 m gacha yomonlashdi.
