5-12-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-03 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 6-9 va 11-12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 7-12° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 7-12° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi.
7-8 va 12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi
0-5° iliqdan 10-15° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi.
7-10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi
13-18° iliqdan 1-6° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi.
7-8 va 12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi
12-17° iliqdan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 va 8-10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
6-7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, faqat 8 fevralda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, kunduzi 10-15° iliqdan 2-7° iliqqacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 va 9-12 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 8-13° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
