5-8-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-03 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 6-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 6 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 7 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 7 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; Navoiy viloyati shimolida 5 fevralda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 6 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 7 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 1-6° iliq; 7 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 7 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 va 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6-7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6-7 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 8-13° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
