2-6-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-02-02 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 11-16 daraja iliq atrofida, shimolda 3-8 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida beqaror ob-havo kuzatiladi, bunday ob-havo Turkmanistondan nam havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2-3 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Juma kuni esa vaziyat o‘zgaradi, O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga respublika bo‘yicha 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat kun davomida pasayadi, kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq; shimolda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tumanitushishi mumkin.
2-3 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chimshi xavfi bor.
Toshkentda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
3 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
5 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
6 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 2-fevral
