1-8-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-30 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1, 4 fevral va 6-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
2-3 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi; 2-8 fevralda harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 7-12° sovuqqacha, kunduzi 6-11° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevral va 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq; 2 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq; 3 fevralda kechasi
5-10° iliq, kunduz 13-18° iliq bo‘ladi; 4-8 fevralda kechasi 5-10° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 13-18° iliqdan 2-7° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevral va 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6 fevralda ba’zi joylara yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 2-8 fevralda kechasi 5-10° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 13-18° iliqdan
0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevral va 5 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6 fevralda ba’zi joylara yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 2 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 3 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi
15-20° iliq bo‘ladi, 4-8 fevralda kechasi 7-12° iliqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi
15-20° iliqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3, 6 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq;
3-5 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq;
7-8 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° sovuqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 5-10° iliqqacha o‘zgarib turadi.
