1-4-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-30 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 va 4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2-3-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1 fevralda 4-9° iliq, 2-3 fevralda 6-11° iliq, 4 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
1 fevralda 2-7° iliq, 2-4 fevralda 5-10° iliq, kunduzi 1-2 fevralda 11-16° iliq, 3-4 fevralda 13-18° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1 fevralda 4-9° iliq, 2-3 fevralda 6-11° iliq, 4 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 2-4 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1-2 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 2 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 3-4 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 fevralda kechasi -3° sovuq 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 3-4 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
