30-31-YANVAR VA 1 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-30 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan nam havo massalari kirib keladi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat
4-7 daraja iliq atrofida, shimolda 2 daraja sovukqqacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika hududiga Turkmanistondan biroz nam
va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kuchayadi, O‘zbekiston bo‘yicha
ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni ko‘tariladi, kechalari sovuq chekinadi va 1 fevral kuniga kelib, kechalari 1-6 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
30 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chimshi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati 31 yanvarda kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi
8-10 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 30-yanvar
