29-YANVAR, 1 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-27 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi; 30 yanvar-1 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 4-9° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
31 yanvar-1 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi; 30 yanvar-1 fevralda kechasi
2-7° iliqqacha, kunduzi 11-16° iliqqacha ko‘tariladi; Navoiy viloyati shimolida
29 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi; 30 yanvar-1 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 4-9° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 yanvar-1 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi; 30 yanvar-1 fevralda kechasi 1-6° iliqqacha, kunduzi 8-13° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
31 yanvar-1 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi, 30 yanvar-1 fevralda kechasi 4-9° iliqqacha, kunduzi 13-18° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 yanvar-1 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-30 yanvarda 0-5° sovuq, 30 yanvar-1 fevralda
3° sovuq-2° iliq; kunduzi 29 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, 30 yanvar-1 fevralda
5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 29-30 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi, 30 yanvar-1 fevralda kechasi
2-7° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha ko‘tariladi.
