O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 26-30-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-26 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi
5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
27-28 yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo masslari kirib keladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi. 29-30 yanvar kunlari esa havo massalari sharqqa tomon siljidi, respublikaning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha,
kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha, shimolda kechalari
8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi
7-9 daraja iliqni tashkil etadi.
Ertaga kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-29 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 29 yanvarga kelib,
harorat kechalari 1-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Kechasi va eratalb tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan
3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 26-yanvar
