O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-25-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-23 11:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi va kechasi O‘zbekiston hududi sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati asosan bugun kunduzi 0-3 daraja sovuq, kechasi
24 yanvarda 5-8 daraja sovuq bo‘ladi.
24 yanvar kuni kunduzi sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi va sovuq havo massaslarining ta’siri asta-sekin kuchsizlanadi. Harorat kunduzi
0-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
25 yanvar- yakshanba kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi.
Sovuq kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda kuchsiz qor yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ertaga kunning yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
25 yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida
va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari respublikaning ayrim joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin,.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
24-25 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi
va ertalab tuman tushishi mumkin.
Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Havo harorati bugun kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi. Shanba kuni kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi
1 daraja sovuq- 1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 23-yanvar
