25-YANVAR 1-FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-23 11:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-28 yanvarda
ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-29 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30 yanvar-1 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28 yanvarda
ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-29 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30 yanvar-1 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29 yanvar-1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28 fevralda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-30 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 31 yanvarda 0-5° iliq, 1 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 25-26 va 28 yanvarda 5-10° iliq, 27 yanvarda 3-8° iliq, 29-31 yanvarda 7-12° iliq, 1 fevralda kechasi 2-7° iliq; cho‘l hududlarda 25-29 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30 yanvar-1 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29 yanvar-1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-31 yanvarda 3° sovuq-2° iliq,
1 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 25-26 yanvarda 3-8° iliq, 27-28 yanvarda 1-6° iliq,
29 yanvar va 1 fevralda 2-7° iliq, 30 yanvarda 5-10° iliq, 31 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 29 yanvar-1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-29 yanvar va 1 fevralda
2° sovuq-3° iliq, 30-31 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 25-26 yanvar va 28 yanvarda 7-12° iliq,
27 yanvar va 1 fevralda 5-10° iliq, 29-31 yanvarda 9-14° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28 yanvarda
ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuqdan 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 0-5° iliqdan 4-9° iliqqacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 va 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi,
26, 29-31 yanvar va 1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 25-26 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 8-13° sovuqdan
3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
