24-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-23 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

24-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
23-yanvar soat 20:00 dan 24-yanvar soat 20:00 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° sovuq, kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12-15° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, cho‘l hududda ba’zi joylarda 10-13° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq, cho‘l hududlarda 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari
kirib kelishi davom etadi.
23 yanvar kuni ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 23 yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
23-26 yanvar kunlari respublmikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
