24-27-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-22 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24-25 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 yanvarda 8-13° sovuq, 25-27 yanvarda 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24-25 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
24-25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 24 yanvarda ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24 yanvarda
3-8° sovuq, 25-27 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24 va 27 yanvarda 3-8° iliq,
24-25 yanvarda 5-10° iliq; cho‘l hududlarda kechasi 24 yanvarda 8-13° sovuq,
25-27 yanvarda 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25 va 27 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24-25 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 yanvarda kechasi 3-8° sovuq,
kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 25-27 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi
25-26 yanvarda 3-8° iliq, 27 yanvarda 1-6° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
24-25 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 yanvarda kechasi
2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 25-27 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
25-26 yanvarda 7-12° iliq, 27 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 27 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
24-25 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, 25-27 yanvarda kechasi 2° sovuq-
3° iliqqacha, kunduzi 2-7° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25-27 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 24-26 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
24-25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat
24 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, 25-27 yanvarda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi
2-7° sovuqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
