23-26-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-21 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 24-26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 23 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi, 24-26 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 23 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi,
24-26 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-24 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-24 yanvarda 4-9° sovuq,
25-26 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 23 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi, 24-26 yanvarda
5-10° iliqqacha ko‘tariladi; cho‘l hududlarda kechasi 23-24 yanvarda 8-13° sovuq bo‘ladi,
25-26 yanvarda 0-5° sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 23 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi,
24-26 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
23-24 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-24 yanvarda 2-7° sovuq, 25-26 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, 24-26 yanvarda 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-24 yanvarda yo‘llarda
ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-24 yanvarda 2-7° sovuq, 25-26 yanvarda 2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 23 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi, 24-26 yanvarda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi 24 va 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
23-24 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24 yanvarda 2-7° sovuq,
25-26 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 23-25 yanvarda 0-5° iliq, 26 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-24 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 23-24 yanvarda
10-15° sovuq, kunduzi 23 yanvarda 5-10° sovuq, 24-26 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi.
