21-24-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-19 11:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
22-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 yanvarda 8-13° sovuq, 24 yanvarda 5-10° sovuq,
kunduzi 21 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi, 22-24 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
23-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 yanvarda 8-13° sovuq, 24 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi
21 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi, 22-24 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 23-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21 yanvarda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi, 22-24 yanvarda
3-8° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-8° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi;
Navoiy viloyati shimolida kechasi 8-13° sovuq, 24 yanvarda 5-10° sovuq,
kunduzi 21 yanvarda 0-5° sovuq bo‘ladi, 22-24 yanvarda 0-5° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 23-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 23-24 yanvarda
2-7° sovuq, kunduzi 21 yanvarda 5-10° iliq, 22-23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 24 yanvarda
0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 23-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 22 yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq;
24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 va 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
22-23 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 yanvarda 0-5° sovuq, 22 yanvarda
2° sovuq-3° iliq, 23-24 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi Harorat kechasi 21-22 yanvarda 0-5° sovuq,
23-24 yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi 21 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi, 22-24 yanvarda
2-7° sovuqqacha pasadi.
