21-28-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-19 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 va 25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 23-24 va 26-28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 yanvarda 8-13° sovuq, 24-26 yanvarda 5-10° sovuq, 27-28 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 21-22 yanvarda 0-5° sovuq, 23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 24-28 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 va 25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
22-24 va 26-28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 yanvarda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 yanvarda 8-13° sovuq,
24-26 yanvarda 5-10° sovuq, 27-28 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 21-22 yanvarda 0-5° sovuq, 23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 24-28 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 va 27-28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 22 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 23 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 25 yanvarda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 26-28 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 21-23 yanvarda 8-13° sovuq, 24-26 yanvarda 5-10° sovuq, 27-28 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 21-22 yanvarda 0-5° sovuq, 23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 24-28 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 va 28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 22 yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq;
23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 25 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 26-28 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 va 27 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-26 va 28 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda
7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 22 yanvarda kechasi va kunduzi
2° sovuq-3° iliq; 23 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 25-28 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 va 24-26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
22-23 va 27-28 yanvarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 va
25-28 yanvarda 0-5° sovuq, 22 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 23-24 yanvarda 2-7° sovuq,
kunduzi 21-25 yanvarda 0-5° iliq, 26-28 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuqdan 8-13° sovuqqacha,
kunduzi 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
