O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-23-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-19 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida biroz qor yog‘adi. Ertaga 20 yanvar kuni faqat respublikaning janubiy-g‘arbiy hududlari bo‘yicha kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
21-23 yanvar kunlari O‘zbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushub hafta davomida harorat asosan kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, 23 yanvarga kelib, 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
21-22 yanvarda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: 19-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 2 daraja sovuq-1 daraja iliq, bugun va ertaga kunduz kunlari 3-6 daraja iliq, 21 yanvar-chorshanba kuni 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
22-23-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 22 yanvarda kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq, 23 yanvarda kechasi
3-6 daraja sovuq, kunduzi 0 daraja atrofida bo‘ladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 19-yanvar
