O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-18-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-16 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi va shanba kuniga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, asta-sekin qorga ayanadi) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi.
Ertaga kunduzi respublika bo‘yicha barqaror ob-havo saqlanib turadi,
ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida
va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Bugun kunduzi havo harorati 5-8 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari
0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 16 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-
1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 16-yanvar
