18-25-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-16 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 yanvarda
ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
18 va 24-25 yanvarda 5-10° sovuq, 19-23 yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi
18-20 yanvarda 1-6° sovuq, 21-25 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Navoiy viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 va 25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 yanvarda
2-7° sovuq, 21 yanvarda 0-5° sovuq, 22-25 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 18-21 va
24-25 yanvarda 0-5° iliq, 22-23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 18 va 24-25 yanvarda 5-10° sovuq, 19-23 yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6° sovuq, 21-25 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Toshkent viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
23-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 19-21 yanvarda 0-5° sovuq, 22-25 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi
18-21 va 24-25 yanvarda 0-5° iliq, 22-23 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22 yanvarda
ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 23-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 19-22 yanvarda 0-5° sovuq, 23-25 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 18-19 va 24-25 yanvarda 2-7° iliq, 20-21 yanvarda 5-10° iliq, 22-23 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21 va 24-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 19-21 yanvarda 0-5° sovuq, 22-25 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 18-21 yanvarda 0-5° iliq, 22-25 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 18-19 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuqdan 8-13° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
