18-21-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-16 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 5-10° sovuq, 19-21 yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi
18-20 yanvarda 1-6° sovuq, 21 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Navoiy viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 yanvarda 2-7° sovuq, 21 yanvarda 0-5° sovuq,
kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 18 yanvarda 5-10° sovuq, 19-21 yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6° sovuq, 21 yanvarda
2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Toshkent viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3° sovuq-2° iliq,
19-21 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 19-21 yanvarda
0-5° sovuq, kunduzi 18-19 yanvarda 2-7° iliq, 21 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 19-21 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
0-5° sovuqdan 8-13° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliqdan 2-7° sovuqqacha
o‘zgarib turadi.
