16-19-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-14 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 18-19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 19 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17-19 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida 16-18 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 19 yanvarda kechasi 5-10° sovuq,
kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 17 yanvarda kechasi va kunduzi
0-5° iliq; 18 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 19 yanvarda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 17 yanvarda kechasi va kunduzi
0-5° iliq; 18 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 19 yanvarda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 yanvarda kechasi 0-5° iliq,
kunduzi 2-7° iliq; 17-18 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq,
19 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga
tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 16 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, 17-19 yanvarda kechasi 7-12° sovuqqacha,
kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.
