15-18-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-13 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-18 yanvarda kechasi 2-7° sovuq,
kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi
3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq,
17-18 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida 15 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-18 yanvarda
kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi,
15-18 yanvarda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 17-18 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 2° sovuq-
3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq,
17 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 18 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 16-18 yanvarda kechasi 5-10° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.
