14-21-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-12 11:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-19 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 20-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, 15-21 yanvarda kechasi 8-13° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuqqacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
15-20 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi, 15-21 yanvarda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
15-19 va 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 15 yanvarda kechasi
4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi; 16-21 yanvarda kechasi 2-7° sovuqqacha,
kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
15-21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi, 15-21 yanvarda asta-sekin kechasi 2-7° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-15 va 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat 16-19 va 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 14-15 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi, 16-21 yanvarda 0-5° iliqqacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15-21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi, 15-21 yanvarda kechasi 8-13° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuqqacha pasayadi.
