O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 12-16-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-12 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va 14 yanvar – shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati bugun kunduzi 10-13 daraja iliq, seshanba va chorshanba kunlari 15-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechasi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. 15-16 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi,
16 yanvarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Havo harorati 15 yanvarda kechasi
4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi
1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
13-14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 3-5 daraja iliq, kunduz kunlari 15-18 daraja iliq bo‘ladi.
15 yanvarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
16 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi
va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 12-yanvar
