Rasmiy munosabat
2026-01-12 10:30:00 / Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining munosabati yoki rasmiy bayonoti

➡️Дайджест UZ da keltirilgan fotosuratlar 2025-yil dekabr oyining o‘rtalariga tegishli bo‘lib, ular “Эхо Узбекистана” Telegram-kanalida 2025-yil 16-dekabr kuni e’lon qilingan. Ushbu fotosuratlar 2025-yil 12–15-dekabr kunlari Qozog‘istonning shimoliy hududlarida kuzatilgan ob-havo sharoitlariga mos keladi.
Ushbu davrda (12–15-dekabr kunlari) O‘zbekiston hududi bo‘ylab yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) kuzatilgan, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar kuchli bo‘lgan.
O‘zbekistonning shimoliy hududlarida tungi havo harorati 11–16° sovuqqacha pasaygan.
Respublikaning qolgan hududlari sovuq havo bostirib kirishidan nisbatan kamroq ta’sirlangan bo‘lib, tungi havo harorati 0–3° sovuqqacha tushgan.
26-dekabr kuni O‘zbekiston hududiga g‘arbdan nisbatan sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida 26-dekabr kuni qor ko‘rinishida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik ehtimoli mavjud.
Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.
26-dekabr kuni kunduzgi havo harorati 2–7° iliqqacha pasayadi,
27-dekabr kuni tungi harorat 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
Respublikaning shimoliy hududlarida 26–27-dekabr kunlari tungi havo harorati 5–10° sovuqqacha, kunduzgi harorat esa 3° sovuqdan 2° iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
Qozog‘iston meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiston viloyatida (O‘zbekistonning Toshkent viloyati bilan chegaradosh hudud) 26-dekabr kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchiliklar prognoz qilinmoqda.
26-dekabr kuni kunduzgi harorat 3° sovuqdan 2° iliqqacha,
27-dekabr kuni tungi harorat 2–7° sovuqqacha pasayadi.
Qozog‘istonning shimoliy hududlarida 26–27-dekabr kunlari qor, bo‘ron (metel) va kuchli sovuq (20–25° sovuq) kutilmoqda.
Mazkur jarayon O‘zbekiston hududiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
__
